YoShLARIMIZNING NAZORAT OʻYINIDA DURANG
16-aprel, 2021·1 min o'qish

Aziz Alijonov boshchiligidagi "Neftchi"(U-18) yoshlar jamoamiz bugun navbatdagi nazorat bahsida Yozyovon tumaniga safar uyushtirib, mahalliy "Yozyovon lochinlari" jamoasi bilan kuch sinashdilar. Qiziqarli kechgan ushbu uchrashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashdi va bellashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakun topdi. Yoshlar jamoamizning keyingi oʻyinlarida omad tilab qolamiz. "Neftchi'' matbuot xizmati