Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLARIMIZDAN ISHONCHLI G‘ALABA

17-aprel, 2026·1 min o'qish
file_000000000bb071f499bf54f921bc7fe1

Yoshlarimizning bugungi uchrashuvi jamoamizning ustunligida o‘tdi. Birinchi bo‘limning boshidanoq yigitlarimiz faol va hujumkor o‘yin namoyish etib, 11-daqiqada 11-metrli penaltini ishlab olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu vaziyatda mehmonlar jarima maydonchasi ichida hujumchimizni qoidabuzarlik bilan to‘xtatishgan edi. Penaltini Asilbek Jumaev aniq bajarib jamoamizni oldinga olib chiqdi 1:0. Urilgan goldan keyin ham yigitlarimiz to‘p nazorati va o‘yindagi ustunlikni davom ettirdi. Biroq qarshiliklarning qarshi hujumlaridan biri 42-daqiqada gol bilan yakunlandi.Bu vaziyatda jarima maydonchamiz ichida bo‘sh qolgan Bexruz Soatov darvozamizni ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi 1:1 Ikkinchi bo‘limda murabbiylarimiz maydonga yangi futbolchilarni tushurib, hujumkorlikni oshirishga harakat qilishdi va ko‘p sonli xavfli hujumlarimiz 79-daqiqada o‘z samarasini berdi.Tashkil etilgan chiroyli kombinatsiya natijasida Asilbek To‘xtasinov mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi 2:1. Ucrashuvning asosiy qismiga bosh hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Dilshodbek Sharofiddinov "Nasaf" darvozasini uchinchi marta ishg‘ol etib, ucrashuvga yakuniy nuqtani qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi 3:1. O'zbekiston U-21 Birinchiligi 8-tur Qirguli, "Neftchi Arena" stadioni "Neftchi" U-21 3:1 "Nasaf" U-21 Gollar: Asilbek Jumayev, 9'pen (1:0), Bexruz Soatov, 42'(1:1), Asilbek To‘xtasinov, 79' (2:1), Dilshodbek Sharofiddinov, 90+1(3:1) Bosh hakam: Nurbek Sheraliyev Yordamchi hakamlar: Axrorjon Raxmatov, Axrorjon Xusanov Zahira hakami: Salohiddin Akramov Nazoratchi: Oleg Dachev Komissar: Muhammad Sulton Fozilov "Neftchi":16.Ibrohim Shokirov, 11.Asilbek Jumayev,(29.Yahyoxon Isaqov,46') 14.Daler Tuxsanov,(25.Omadillo Abdumannobov,66') 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 17.Azizbek Muratov,(90.Dilshodbek Sharofiddinov,77'( 27.Nurbek Sarsenbayev, 28.Muhammadqodir Rasuljonov, 30.Rustambek Fomin,(78.Mujohidbek Olimov,66') 37.Javohir Maxmudov, 44.Mo'minxon Bahodirxonov, 30.Rustambek Fomin, 78.Asilbek To‘xtasinov Zaxira: 13.Abdulmo'min Nurmuhammadov, 66.Hasanboy Umirzaqov, 72.Xusniddinbek Akbarov, 76.Anvarjon Ahmadillayev, 97.Mirjalol Abdurahimov Bosh murabbiy: Sanjar Roman "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar