Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZDAN IShONChLI GʻALABA

25-fevral, 2021·1 min o'qish
IMG_20210225_055247_219

Futbol mavsumiga hozirlik koʻrayotgan "Neftchi" (U-18) yoshlar jamoamiz bugun nazorat oʻyinida "Andijon" (U-18) klubi bilan maydonda bahslashishdi. Aziz Alijonov boshchiligidagi jamoamiz bugungi uchrashuvda juda koʻp xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirib,qulay imkoniyatlarga ega boʻldi.Lekin yaratilgan koʻpgina imkoniyatlardan faqatgina uchtasidan unumli foydalangan jamoamiz yakunda 3:1 hisobidagi ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi. Yoshlarimiz tomonidan urilgan gollarga Akobir Ahmadjonov, Azamat Tolibjonov va Muhammadjon Xolmatovlar mualliflik qilishdi. Nazorat uchrashuvi "Neftchi" (U-18)-"Andijon" (U-18) 3:1 (3:0) Yoshlar jamoamizni bugungi ishonchli gʻalaba bilan tabriklab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar