Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZDAN IRODALI GʻALABA!

2-mart, 2021·1 min o'qish
ёшлар

Yangi futbol mavsumiga hozirlik koʻrayotgan "Neftchi" (U18) yoshlar jamoamiz bugun nazorat oʻyinida "Qoʻqon-1912" (U18) klubini qabul qildi. Murosasiz kechgan bu uchrashuvda umumiy hisobda 7 ta toʻp kiritilgan boʻlib, shoʻndan 4 tasiga yoshlarimiz egalik qilishdi va 4:3 hisobida gʻalaba qozonishdi. Jamoamiz hisobidagi gollarga Faxriddin Muhammadov 3 bor va Azamat Tolibjonov bir bor gol urishga erishdi. Bugungi oʻyinda jamoamiz quyidagi tarkibda harakat qildi: Shohruh Asqaraliev, Shohruh Yoqubjonov, Afzal Zokirov, Xumoyun Bozorboev, Odil Nabiev, Akobir Ahmadjonov, Muhammadali Xolmatov, Azamat Tolibjonov, Muhammadkamron Ergashev, Islom Akramov, Faxriddin Muhammadov "Neftchi" (U18)- "Qoʻqon-1912" (U18) 4:3 Yoshlarimiz keyingi nazorat uchrashuvini 5 mart kuni safarda oʻtkazishadi. Shu kungi raqibimiz Namanganning "Navbahor" (U18) jamoasi boʻladi. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar