YoShLARIMIZDAN IRODALI GʻALABA!

Bugun "Futbol markazi"ning sunʼiy qoplamali maydonida Fargʻona viloyati 2 liga "A" guruhida navbatdagi tur oʻyini oʻz yakuniga yetdi. Unda "Istiqlol" U-18 - "Neftchi" U-18 jamoalari oʻzaro bahs yuritishdi.Birinchi boʻlimda jamoamiz aʼzolari kichik 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan boʻlishsa, ikkinchi boʻlimda futbolchilarimiz oʻzlarida iroda kuchini topa olib,ketma-ket uchta toʻp kiritishga muvaffaq boʻldilar. Toʻplarga Musomalik Rustamov hamda ikki bor Dilshod Umurzaqov mualliflik qildilar. "Istiqlol" U-18 - "Neftchi" U-18. 1:3 (1:0) "Neftchi": Abdumuminov Rasul, Goyibjonov Asil, Ruzimatov Shoxhaxon, Isroilov Umid, Mirzaboev Malik, Abelfazov Ibod, Ibroximov Xojiakbar, Olimov Muxammadali, Rustamov Musomalik, Qurbonov Muxammad, Umurzaqov Dilshod. Zaxira: Madaminov Xurshid, Muminov Asad, Olimov Aziz, Boxodirov Shoxjaxon Shavkatjon Yusupov bosh murabbiyligidagi jamoamizni irodali gʻalaba bilan tabriklaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati