Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZDA TAYYoRGARLIK DAVOM ETMOQDA

17-iyul, 2021·1 min o'qish

Aziz Alijonov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" U-18 yoshlar jamoamiz ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun jamoa aʼzolari Qirgulidagi qarorgoh stadionida navbatdagi mashgʻulotlar jarayonida ishtirok etib, jamoaga taklif etilgan yangi oʻyinchilarning koʻrikdan oʻtishlari uchun ikki tarkibga boʻlingan holda nazorat uchrashuvi tashkil etildi. Murabbiylar shtabi yaqin kunlarda boshqa jamoalar bilan oʻrtoqlik nazorat oʻyinlarini oʻtkazish boʻyicha rejalar ustida ish olib borishmoqda. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Bugungi tayyorgarlik jarayonidan olingan fotosuratlarni tomosha qiling. "Neftchi" matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/DSC_0001-1.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/DSC_0002-1.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/DSC_0003-1.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2021/07/DSC_0004-1.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar