Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLARIMIZ NAVOIYDA DURANG NATIJA QAYD ETISHDI

3-aprel, 2026·1 min o'qish
IMG_20260403_184940_623

O‘zbekiston U21 chempionati 5-tur doirasida Navoiy shahridagi “Yoshlik” stadionida (Karmana) o‘tkazilgan uchrashuvda “Neftchi” U21 jamoasi “Qizilqum” U21ga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz va keskin ruhda kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bahsning dastlabki bo‘limi nisbatan ehtiyotkorona kechgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim haqiqiy dramatik ssenariy asosida o‘tdi. 62-daqiqada Omadillo Abdubannobov hisobni ochib, jamoamizni oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, mezbonlar 76-daqiqada Ilhom Kenjayev orqali muvozanatni tiklashdi. 84-daqiqada yana Abdubannobov sahnaga chiqib, o‘zining dublini rasmiylashtirdi va “Neftchi”ni yana oldinga olib chiqdi. Biroq uchrashuv so‘nggi daqiqalarida keskin tus oldi. Jamoamiz ikki nafar futbolchisi — Yahyoxon Isaqov (82’) va Dilshodbek Sharofiddinov (85’) ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bir necha daqiqa davomida 9 kishi bo‘lib harakat qilgan jamoamiz oxirigacha kurash olib bordi, ammo 90+4-daqiqada Ozodbek Mo‘ydinov tomonidan kiritilgan gol mezbonlarga durangni taqdim etdi. O'zbekiston U21 Chempionati 5-tur Navoiy shahri, "Yoshlik" stadioni (Karmana) 03.04.2026-yil 16:00 "Qizilqum" U21 2:2 "Neftchi" U21 Gollar: Omadillo Abdubannobov, 62' (0:1), Ilhom Kenjayev, 76' (1:1), Omadillo Abdubannobob, 84' (1:2), Ozodbek Mo‘ydinov, 90+4' (2:2) Hakamlar: Alisher Raximqulov, Shohzod Mirsalimov, Mirjalol Jiyaniv Zahira hakami: Sevdiyor Xamraqulov Nazoratchi: Konstantin Smirnov Komissar: Ixtiyor Nurullayev "Neftchi" U21: 13.Abdulmo‘min Nurmuhammadov, 25.Omadillo Abdubannobov, 29.Yaxyoxon Isaqov, 40.Abdulloh Rashidov( 37.Javohir Maxmudov), 50.Fayzullo Nurmuhammadov, 57.Sanjarbek Maxsudbekov( 66.Hasanboy Umirzaqov) 73.Elsevar Olimov(76.Anvarjon Ahmadillayev) 78.Mujohidbek Olimov( 61.Shohruhbek Rahmonaliyev) 79.Asilbek To‘xtasinov, 90.Dilshodbek Sharofiddinov, 97.Mirjalol Abdurahimov Zahiradagilar: 74.Zikrilloh Hotamjonov, 47.Abdulloxon Alisherov, 72.Husniddinbek Akbarov, 80.Albert Nurullayev Bosh murabbiy: Roman Sanjar Chetlatishlar: Yahyoxon Isaqov 82' , Dilshodbek Sharofiddinov, 85' (Neftchi, har ikki futbolchi ham ikkinchi sariq kartochkadan so'ng chetlatildi)

Ulashish

O'xshash yangiliklar