Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARIMIZ KUBOK SOHIBI!

6-dekabr, 2020·1 min o'qish
IMG_20201206_162147_382

Bugun Fargʻona futbol mahorat maktabi oʻyingohida Fargʻona viloyati kubogining final bahsi boʻlib oʻtdi.Unda "Neftchi" U-18 hamda Oltiariqning "Doʻstlik" jamoalari kuch sinashdilar.Qiziqarli kechgan oʻyinda Shavkatjon Yusupov bosh murabbiyligidagi jamoamiz aʼzolari 2:1 hisobida gʻalaba qozonib,bosh sovrinni qoʻlga kiritdilar.Jamoamizdan har ikkala gol muallifi Azizbek Olimov boʻlib chiqdi. Yoshlar jamoamizni Fargʻona viloyati kubogi bilan chin dildan muborakbod etib,kelgusi musobaqalarda ham omad yor boʻlishini tilab qolamiz. "Neftchi" U-18 - "Doʻstlik" 2:1 "Neftchi" matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/12/IMG_20201206_171421_850.jpg]

IMG_20201206_171133_962IMG_20201206_165224_454IMG_20201206_171421_847IMG_20201206_162147_382
Ulashish

O'xshash yangiliklar