Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YoShLARGA IShONCh BILDIRILMOQDA!

6-yanvar, 2022·1 min o'qish
photo_2022-01-06_13-55-23

Yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishgan Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" futbol klubi murrabbiylar shtabi tarkibni mahalliy yoshlar hisobiga kengaytirish boʻyicha izchil ish olib bormoqda. Shu yoʻnalishda bugun 2001 yilda tavallud topgan iqtidorli hujumchi, "Neftchi" futbol maktabining tarbiyalanuvchisi Doniyor Madaminov bilan 3 yilga moʻljallangan shartnoma imzolandi. Yosh futbolchiga ishonch bildirgan holda, jamoamiz rahbariyati va muxlislari nomidan unga sevimli "Neftchi" sharafini munosib ardoqlashida kuchli iroda, gʻayrat-shijoat va omad yor boʻlishini tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar