YoShLAR JAMOAMIZ TERMIZDA OʻYNAYDI
4-iyun, 2021·1 min o'qish

U-18 Birinchiligida ishtirok etayotgan "Neftchi" yoshlar jamoasi navbatdagi 8-tur bahsida "Surxon" yoshlari bilan uchrashadi. Mazkur oʻyin 6 iyun yakshanba kuni boʻlib oʻtadi. Termiz shahridagi boʻlajak bellashuvda Aziz Alijonov boshchiligidagi yoshlar jamoamizga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati