Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YOSHLAR JAMOAMIZ BIRINCHI UCHRASHUVINI G'ALABA BILAN BOSHLADI!

27-fevral, 2026·1 min o'qish
IMG_20260227_182140_186

Bugun O‘zbekiston U-21 chempionatida jamoamiz o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi. Oʻzbekiston U-21 milliy futbol terma jamoasi safidagi vakillarimiz bosh murabbiy Sanjar Roman boshchiligida yangi mavsumning ilk tur uchrashuvini Farg‘onadagi Neftchi Arena stadionida o‘tkazishdi. Tomoshabop va murosasiz kechgan bahsda taqdirni bitta gol hal qildi. Uchrashuvning yagona va g‘alaba keltirgan goliga hujumchi Nurbek Sarsenbayev mualliflik qildi. Mazkur muvaffaqiyat jamoamizga musobaqani ko‘tarinki ruhda davom ettirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi qadam tashlandi — endi oldinda yanada mas’uliyatli va qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. U21 MUSOBAQASI Farg'ona "Neftchi-Arena" stadioni 27.02.2026 | 15:00 (Juma) "Neftchi" U-21 1:0 "Mash'al" U-21 Gollar: Nurbek Sarsenbayev 49 pen 1:0 Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Aziz Isaqov, Shohrux A'zamov Zahira hakami: Ahror Rahmatov Nazoratchi: Aleksandr Popov Komissar: Shohrux Said "Neftchi" U21:16. Ibroxim Shokirov,28. Rasuljonov Muhammadqodir, 50. Nurmuhammadov Fayzullo, 73. Olimov Elsevarbek, 40. Rashidov Abdulloh (66. Umirzakov Xasanboy ,71), 17. Murotov Azizbek(57. Maxsudbekov Sanjarbek 90), 79. Toxtasinov Asilbek( 78. Olimov Mujohidbek 80), 19. Erimbetov Azizbek(72. Akbarov Xusniddinbek 80), 29. Isakov Yahyoxon (80. Nurullaev Albert 81), 24. Umirzakov Xusan, 27. Sarsenbaev Nurbek. Zaxiradagilar: 13. Nurmuhammadov Abdulmo‘min 25. Abdubannobov Omadillo 36. Berdiev Amirbek 37 Maxmudov Javohir Bosh murabbiy: Sanjar Roman "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar