YeVRO-2020 musobaqasi qishda boʻlib oʻtishi mumkin
15-mart, 2020·1 min o'qish
UEFA YeVRO-2020 musobaqasini dekabr oyida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
UEFA YeVRO-2020 musobaqasini dekabr oyida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, UEFA birlashmasi koronavirus pandemiyasi tufayli barcha chempionatlarda mavsum erta yakunlanishi mumkinligini hisobga olgan holda, musobaqani qishga koʻchirmoqchi. Kelasi hafta UEFA ushbu masalani muhokama qiladi. Maʼlum boʻlishicha, YeVRO-2020 kelasi yilning yozida ham boʻlib oʻtishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, Yevropa chempionati 12 iyun sanasidan boshlab, 12 iyulgacha boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan edi.