Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YETTITA TO‘P KIRITILGAN BAHSDA JAMOAMIZ YIRIK HISOBDA G‘ALABA QOZONDI

11-may, 2026·1 min o'qish·2
0O9A1856

Kutilganidek,bugungi uchrashuv to‘liq jamoamiz ustunligida o‘tdi.Birinchi bo‘lim boshidanoq o‘yindagi tashabbusni qo‘lga olgan yigitlarimiz ketma ket va bir biridan chiroyli hujumlarni tashkil etdilar.Bu sa’y harakatlar 17-daqiqada gol bilan yakun topdi 1:0.Ko‘p o‘tmay 20-daqiqada kombinatsion hujum va ikkinchi gol Zoran Marushichga yozildi 2:0.Hujumlar ketma ketligi natijasida 29-daqiqada Vladimir Yovovich bu safar uchinchi golni o‘z hisobiga yozib qo‘yishga muyassar bo‘ldi 3:0.Shu tariqa birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limni ham faollikda boshlagan jamoamiz mehmonlarning 48-daqiqada tashkil etgan qarshi hujumini bartaraf etishda xatolikka yo‘l qo‘ydi va yakunda gulistonlik Shohnazar Norbekov o‘rtadagi farqni qisqartirdi 3:1. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgandan so‘ng sahnaga yana Zoran Marushich chiqdi.Uning jarima maydonchasi ichida raqib himoyachilarini chiroyli tarzda aldab o‘tib to‘pni darvozaga kiritgani taxsinga loyiq ko‘rildi 4:1.Goldan ruhlangan futbolchilarimiz 59-daqiqada navbatdagi to‘pni kiritib, hisobni 5:1 ko‘rinishiga olib kelishdi. Bu vaziyatda yosh va mohir hujumchimiz Asilbek Jumayev golga mualliflik qildi.68-daqiqada navbatdagi gol kiritildi. Bu safar ham Asilbek Jumayev golga mualliflik qilib,o‘z hisobiga dublni yozib qo‘ydi 6:1.Uchrashuvning qolgan daqiqalarida ham jamoamiz ko‘plab golli vaziyatlarni amalga oshirdi. Lekin yo‘llangan zarbalarimizga aniqlik yetishmadi va bellashuv yirik 6:1 hisobida yakunlandi. O‘zbekiston kubogi-2026 "D" guruhi 1-tur Farg‘ona, "Istiqlol" stadioni 11-may soat 19:00 "NEFTCHI" 6:1 "GULISTON" Gollar: Xurshid G‘iyosov,17' (1:0), Zoran Marushich,20' (2:0), Vladimir Yovovich,29' (3:0), Shohnazar Norbekov,48' (3:1), Zoran Marushich, 53'(4:1), Asilbek Jumayev, 59'(5:1), Asilbek Jumayev, 68'(6:1) Bosh hakam: Akmal Rahimov Yordamchi hakamlar: Farrux Bekmurodov, Abdulhamid Abduraimov Zaxira hakami: Nikita Mustafin7 Nazoratchi: Shuhrat Hakimov Komissar: Jalolhon Inog‘omxo‘jayev "Neftchi": 45.Akbar To’rayev, 4.Bojan Ciger(19.Azizbek Erimbetov72), 5.Ikrom Aliboyev(23.Jovan Jokich,72), 7.Abrorbek Ismoilov, 8.Vladimir Jovovich(18.Stipe Perica,72), 9.Xurshid G’iyosov, 11.Asilbek Jumayev, 20.Anvarjon G’ofurov (28.Muhammadqodir Rasuljonov,46) 21.Muhsin Ubaydullayev, 30.Rustambek Fomin, 32.Zoran Marushich(77.Jurani Fransisko,72 ) Zahirada: 13.Abdumo’min Nurmuhammadov Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov

Ulashish

O'xshash yangiliklar