YaNGI ShARTNOMALAR TUZILDI.

Yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi seleksiya negizida jamoa tarkibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Jumladan yakuniga yetgan mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida oʻtkazgan mahoratli yarim himoyachi Doniyor Nazrullaev, jamoamizning sobiq oʻyinchisi, bundan avval "Surxon" klubi tarkibida yetakchi himoyachisi va jamoa sardori sifatida harakatlangan Husniddin Gʻofurov, serbiyalik tajribali himoyachi Daniel Stoykovich, Navoiyning "Qizilqum" jamoasida faoliyat yuritgan tajribali himoyachi Muhsinjon Ubaydullaev, oxirgi besh yil mobaynida Namangannning "Navbahor" sharafini himoya qilib kelgan mahoratli yarim himoyachi Mirzohid Gʻofurov, faoliyati davomida "Bunyodkor"," Qizilqum", "Andijon" va "Turon" kabi klublarda toʻp surgan tajribali yarim himoyachi Sunnatulla Abdulladjanov, oʻtgan mavsumda Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi safida 23 marta maydonga tushib, 1ta golga mualliflik qilgan tajribali yarim himoyachi Lutfulla Toʻraev kabi futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi.






