Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaNGI MAVSUMNI GʻALABA BILAN BOShLADIK

27-aprel, 2021·1 min o'qish
IMG_20210427_204535_458

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida "Neftchi"-"Soʻgʻdiyona" bahsi bilan Oʻzbekiston U-18 chempionatiga start berildi. Qiziqarli kechgan bu oʻyinda Aziz Alijonov shogirdlari birinchi bellashuvdayoq ilk gʻalabasini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlishdi.Birinchi boʻlim boshlarida Azamatjon Tolibjonov tomonidan jizzaxliklar darvozasiga kiritgan yagona goli oʻyin taqdirini hal qildi. Minimal 1:0 hisobida gʻalaba nashidasini surgan yoshlar jamoamizni qoʻlga kiritilgan dastlabki 3 ochko bilan tabriklab qolamiz va keyingi uchrashuvlarda zafarlar tilaymiz. "Neftchi"SK stadioni "Neftchi"(U-18)- "Soʻgʻdiyona" (U-18) 1:0 Gol:Azamat Tolibjonov "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar