YaNGI MAVSUMGA TAYYoRGARLIK REJALARI ANIQ

Yangi mavsumda Superligada toʻp suradigan "Neftchi" jamoasi bellashuvlarga tayyorgarlik rejasini belgilab oldi.Rejaga koʻra, yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi. 6 yanvardan boshlanadigan I-bosqichda Ilhom Moʻminjonov shogirdlari Toshkentda yigʻilib, mashgʻulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 17 yanvargacha davom etib, orada 1ta oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish koʻzda tutilgan. 20 yanvardan 10 fevralgacha davom etadigan II-bosqichni fargʻonaliklar Turkiyaning Antalya shahrida oʻtkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida 4ta oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Toshkent va Turkiyada mashgʻulot va nazorat oʻyinlarini oʻtkazgan "Neftchi" jamoasi mavsumga tayyorgarlikning III-bosqichini Fargʻonada davom ettiradi. Bu bosqichlar jarayonida jamoaga qabul qilingan yangi futbolchilarning nimaga qodir ekanliklari va jamoaning mavsumga tayyorgarlik darajasiga baho beriladi. Mavsumga tayyorgarlik borasidagi maʼlumotlarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. "Neftchi" matbuot xizmati