Yangiliklarga qaytish
Umumiy

YaNGI HUJUMChI BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI

1-fevral, 2022·1 min o'qish
photo_2022-02-01_20-14-29

Yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrayotgan "Neftchi" futbol klubi tarkibni kuchaytirish borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun taniqli va mohir hujumchi Shahzod Ubaydullaev bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma rasmiylashtirildi. Maʼlumot uchun, Shahzod Ubaydullaev 1998 yilda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini Muborakning "Mashʼal" jamoasida boshlagan sportchi, keyinchalik "Andijon" va "Metallurg" klublarida davom ettirdi. U nimalarga qodir ekanligini Belarussiyaning "Energetik BGU" hamda "Shaxtyor" jamoalarida ham namoyish etib, futbol ishqibozlarining mehri va eʼtiborini qozondi. Shu bois, jamoamiz rahbariyati uni Fargʻonaga taklif etib, Superligada toʻp suradigan "Neftchi"ning faol hujumchisi boʻlishga chorladi. Futbolchi bu taklifni qabul qilarkan, bildirilgan ishonchni toʻla oqlash uchun butun kuch va mahoratini ishga solishga vaʼda berdi. Biz unga yuksak ishonchni oqlash uchun kurashda katta muvaffaqiyat va omadlar tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar