Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"XORAZM"-"NEFTChI" PREVYu

2-oktabr, 2020·1 min o'qish
IMG_20201002_085605_509

Shu kunga qadar jamoalar Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston Kubogi doirasida jami 23 marta raqobatlashishgan boʻlib, bu qarama-qarshilikda fargʻonaliklar har tomonlama ustunlikka ega chiqishgan. Asosiy toʻqnashuvlar Oliy liga bahslarida qayd etilgan. Hozirgacha "Neftchi"da jami 17ta gʻalaba, "Xorazm" jamoasida esa atigi 3ta gʻalaba mavjud. 3ta oʻyin durang bilan yakun topgan. Bu oʻzaro bellashuvlardagi eng yirik gʻalabalar 1998 va 2006 yillarga toʻgʻri kelgan. Oʻshanda "Neftchi" 7:1, 8:2 va 6:0 hisobida xorazmliklarni magʻlubiyatga uchratgan. Jamoalarning oxirgi qarama-qarshiligi Pro liga bahslariga toʻgʻri kelmoqda. Oʻtgan 2019 yil futbol mavsumida jamoalar toʻrt marta, joriy yilda esa Oʻzbekiston Kubogi va chempionat bahslarida bir martadan maydonda harakatlanishgan. Jamoalarning bu yilgi kubok va Pro liga baxslaring har ikkala uchrashuvi ham Fargʻonada boʻlib oʻtdi va unda "Neftchi" 3:2 hamda 3:0 hisobida ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 67-18 "Neftchi" foydasiga. Eʼtiboringizga Xorazmda qayd etilgan oxirgi 5 uchrashuv natijalarini taqdim etamiz: 2019y. "Xorazm"-"Neftchi" 1:0 2019y. "Xorazm"-"Neftchi" 0:1 2010y. "Xorazm"-"Neftchi" 2:1 2009y. "Xorazm"-"Neftchi" 0:0 2006y. "Xorazm"-"Neftchi" 2:8 "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar