"XORAZM" BILAN OʻYINGA TAYYoRGARLIK BOShLANDI
14-aprel, 2021·1 min o'qish

Pro liganing 4-turida Nukusning "Aral Samali" jamoasini magʻlub etib, Fargʻonaga qaytib kelgan "Neftchi" futbol klubi bugun kunning ikkinchi yarmida "Xorazm"ga qarshi boʻlib oʻtadigan navbatdagi oʻyin oldidan tayyorgarlik mashgʻulotlarini boshlab yubordi. Eʼtiboringizga bugungi tayyorgarlik jarayonidan olingan fotosuratlarni havola etmoqdamiz. "Neftchi" matbuot xizmati







