Xislatjon Chilmatovni tabriklaymiz!
23-aprel, 2020·1 min o'qish
Bugun "Neftchi" futbol klubining darvozabonlar murabbiyi, yaqin oʻtmishda koʻp yillar davomida sevimli jamoamiz sharifini munosib himoya qilgan Hislatjon Chilmatovning tavallud ayyomi. U kishi 43 yoshni qarshilamoqda. Fursatdan foydalanib, "Neftchi" FK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, xodimlar hamda koʻp sonli muxlislar nomidan Hislatjon Chilmatovni tugʻilgan kuni bilan chin qalbdan muborakbod etib, unga oilaviy baxt, sixat-salomatlik va mehnat faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin! "Neftchi" matbuot xizmati