VODIY CUP 2026 — “NEFTCHI” AKADEMIYASINING YORQIN USTUNLIGI!

Bir turnir — uchta sovrinli natija, katta kelajak sari dadil qadam!
Bir turnir — uchta sovrinli natija, katta kelajak sari dadil qadam!
“Neftchi” bolalar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari Vodiy Cup 2026 musobaqasida munosib ishtirok etib, akademiya tizimi va yosh futbolchilar tayyorgarligining yuqori saviyasini yana bir bor namoyon etdi.
Musobaqada 2016-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarimiz A va B jamoalari bilan qatnashdi va har ikki jamoa final bosqichlarigacha yetib borib, katta muvaffaqiyatga erishdi.
Neftchi FA 2016 A jamoasi musobaqa davomida yorqin, hujumkor va ishonchli o‘yin namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi hamda Vodiy Cup 2026 chempionligini qo‘lga kiritdi.
Neftchi FA 2016 B jamoasi esa katta xarakter va iroda ko‘rsatib, finalgacha yetib bordi va musobaqani faxrli 2-o‘rin bilan yakunladi.
Neftchi FA 2015 jamoasi ham o‘z yosh toifasida munosib qatnashib, kuchli raqobat ostida 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu natijalar — akademiyamizda olib borilayotgan tizimli ishlar, murabbiylar shtabining mehnati va yosh futbolchilarning katta ishtiyoqi samarasi hisoblanadi. Eng muhimi, bu yutuqlar kelajakdagi katta futbol uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.
“Neftchi” bolalar futbol akademiyasining barcha tarbiyalanuvchilari, murabbiylari va ota-onalarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Kelajakdagi musobaqalarda ham yangi zafarlar va yorqin g‘alabalar tilab qolamiz!