ULUGʻBEK XOShIMOV "NEFTChI" PFK BILAN 2 YILLIK ShARTNOMA IMZOLADI.

Yangi futbol mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi seleksiya negizida jamoa tarkibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda. Tayyorgarlik jarayonida Toshkentdagi yigʻinga murabbiylar shtabi bir qator iqtidorli ijrochilarni koʻrikdan oʻtish uchun taklif etishgan. Jumladan,yaqinda jamoaga kelib qoʻshilgan kelajakka umid bagʻishlayotgan,istiqboli porloq yosh futbolchi Ulugʻbek Xoshimov murabbiylar shtabida iliq taassurot uygʻotganligi sababli, u bilan transfer narxi 200 mln.soʻmga ega boʻlgan 2 yillik shartnoma imzolandi. Ulugʻbek Xoshimov 2001 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan boʻlib,"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.Oʻz vaqtida Oʻzbekiston (U-17) terma jamoasi safida oʻzining yorqin oʻyinlari bilan koʻzga tashlangan goleador hujumchi boʻlgan. "Neftchi" PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoaning yuksak marralarga erishishi uchun klub sharafini munosib himoya qilishida Ulugʻbek Xoshimovga omadlar tilab qoladi. "Neftchi" matbuot xizmati