U-18. “Derbi”da durang, “Neftchi”da chempionlikka “bir qadam”

18 yoshlilar chempionatining 21-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Fargʻona viloyat “derbi”sida “Qoʻqon-1912” jamoasi “Neftchi”ni qabul qildi. Dilyorjon Baxtiyorov va Akobirjon Ahmadjonov tomonidan kiritilgan ikkitadan gollar durang natijani hosil qildi. “Neftchi” hamon peshqadam, chempionlik uchun esa atigi “bir qadam” qoldi. “Aral Samali” esa aksincha, oʻz uyida “Lokomotiv”dan yengildi, hamon autsayderlik “maqomini” saqlab turibdi. Bugun tashkil etiladigan “Paxtakor” – “Nurafshon” oʻyini bilan turga yakun yasaladi. U-18 Chempionati. 21-tur. 8 noyabr, dushanba QOʻQON-1912 – NEFTChI – 2:2 (1:0) Qoʻqon. BOʻSM-2 maydoni. 183 tomoshabin. Hakamlar: Dostonbek Mirzaraimov, Azizbek Isaqov, Sanjar Rahmonov Nazoratchi: Erkin Oripov Komissar: Azizbek Isamiddinov Gollar: Dilyorjon Baxtiyorov (7, 90+2) – Akobirjon Ahmadjonov (51, 64) Amalga oshirilmagan penalti: Habibjon Sharipov (90+4, “Qoʻqon-1912”) Ogohlantirishlar: Nurjahon Esonboev (44), Shamsiddin Husanov (60), Muhammaddiyor Inomjonov (75) – Islombek Akramov (17), Samandarbek Toʻxtasinov (52).