U-14 ChEMPIONATIDA GʻALABALI YuRISh

Bugun Toshkentning "Bunyodkor" futbol akademiyasi hamda Chigʻatoy futbol maydonlarida Oʻzbekiston U-14 chempionatining ilk mavsumiga start berildi. Azamat Karimov va Sardor Zokirovlar boshqarayotgan "Neftchi" U-14 jamoamiz bugun birinchilardan boʻlib musobaqa bahslariga kirishdilar. "Bunyodkor" akademiyasining maydonida harakatlangan futbolchilarimiz birinchi bahsda "Qoʻqon-1912" jamoasi bilan kuch sinashdilar. Oʻyin davomida toʻla tashabbusga ega chiqqan jamoamiz aʼzolari yirik 5:0 hisobida ustun kelib, chempionatdagi yurishini gʻalaba bilan boshladi. Jamoamizni qoʻlga kiritilgan chiroyli gʻalaba bilan tabriklab, keyingi uchrashuvlarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz "Bunyodkor" akademiyasi "Qoʻqon-1912" — "Neftchi" 0:5 Gollar: Mahmud Maʼrufov 2, - 0:1. Fazliddin Rahmatov 29, - 0:2. Fazliddin Rahmatov 49, - 0:3. Asad Muhammedjanov 54, - 0:4. Asad Muhammedjanov 57, - 0:5.