Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TEST-NORMATIVLAR TOPShIRILDI

25-fevral, 2022·1 min o'qish
IMG_20220225_124735_041

Bugun Qirgulidagi "Neftchi" SK stadionida jamoamiz futbolchilari test-normativlarni topshirishdi. Test – normativlarni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi (OʻFA) Test-normativlarni topshirish boʻyicha komissiya raisi, Oʻzbekiston – U-17 oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Rauf Inileev va OʻFA ilmiy-metodik boʻlimi boshligʻi Shamil Iseevlar olishdi. Taʼkidlash joizki, OʻFA tomonidan har yili mavsum starti va ikkinchi davra oʻyinlari oldidan futbolchilarning jismoniy holatini aniqlash maqsadida test-normativlari oʻtkazib kelinmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, futbolchilarning yangi mavsumga jismoniy jihatdan toʻliq tayyorgarliklariga ishonch hosil qilishdan iboratdir. "Neftchi" matbuot xizmati

IMG_20220225_124734_999IMG_20220225_124735_041IMG_20220225_124735_126IMG_20220225_124734_756IMG_20220225_124734_829IMG_20220225_124734_925
Ulashish

O'xshash yangiliklar