Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TAYYoRGARLIK TOShKENTDA DAVOM ETTIRILADI

16-avgust, 2021·1 min o'qish
IMG_20210711_201539_208

Pro liganing 15-turini muvaffaqiyatli oʻtkazgan "Neftchi" futbol klubi navbatdagi bellashuvni Oʻzbekiston Coca-Cola kubogining 1/8 final bosqichida AGMK jamoasi bilan oʻtkazadi. Uchrashuv 19 avgust kuni Olmaliq shahrida boʻlib oʻtadi. Mazkur oʻyinga tayyorgarlik jarayoni bugundan boshlab Toshkent shahrida olib boriladi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar