TAYYoRGARLIK DAVOM ETMOQDA
13-mart, 2021·1 min o'qish

Xabaringiz bor, kecha Toshkentda Pro liga yangi mavsumiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijalariga koʻra, jamoamiz 1-tur uchrashuvini oʻz maydonidagi bahs bilan boshlab beradi. Shu kungi raqibimiz Pro liga debyutanti "Olimpik" jamoasi sanaladi va yangi mavsumdagi debyut oʻyini oldidan jamoamiz aʼzolari bugun Qirgulidagi qarorgohlarida toʻplanishib, tayyorgarlik jarayonini jiddiy tarzda olib bordilar. Quyida bugungi mashgʻulotlardan fotolavhalarni eʼtiboringizga taqdim etamiz.























