TAYYoRGARLIK DAVOM ETMOQDA

Toshkentdan qaytib kelib, yuqori saviyada taqdimot marosimini oʻtkazgan "Neftchi" futbol klubi Pro liga birinchiligiga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini qizgʻin ruhda davom ettirmoqda. Ilhomjon Moʻminjonov boshchiligidagi jamoamiz aʼzolari mashgʻulotlarni markaziy "Istiqlol" stadionida olib borishmoqda.Bugungi mashgʻulot jarayonida futbolchilarimiz ikki guruhga boʻlingan holda, sariq va oq rangli liboslarda maydonda bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan ikki tomonlama nazorat uchrashuvida jangovar durang (1:1) natijasi qayd etildi. Oʻyinda birinchi boʻlib hisobni sariq libosda harakat qilgan legioner hujumchimiz Marko Obradovich ochgan boʻlsa, oq libosda oʻynagan yosh futbolchimiz Ulugʻbek Xoshimov javob toʻpiga mualliflik qildi. "Neftchi" matbuot xizmati















