Tayyorgarlik davom etmoqda
Samarqand safaridan qaytib kelgan "Neftchi" jamoasi futbolchilari bugun Qirgulidagi qarorgohlarida toʻplanishib, keyingi 9-tur bellashuviga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. 8-tur oldidan Fargʻonaning "Istiqlol" jamoasi Oʻzbekiston chempionatini tark etganligi sababli, jamoa aʼzolariga boshqa klublar bilan shartnoma imzolab,faoliyatlarini davom ettirish huquqi taqdim etilgan. Shunga muvofiq, "Istiqlol" jamoasining ikki nafar futbolchisi Rustam Abduhamidov hamda Umar Adhamzodalar "Neftchi" jamoasi bilan shartnomani rasmiylashtirishdi. Undan oldin esa "Navbahor" safida toʻp surgan Anvarjon Xojimirzaev va Qirgʻizistonda faoliyat yuritib kelayotgan Sirojiddin Allaevlar jamoamiz bilan shartnoma imzolab, "Neftchi" tarkibida rasmiy uchrashuvlarda maydonda harakat qilishni boshlab yubordilar.Karantin tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan soʻng "Neftchi" safiga "Qoʻqon-1912" klubida ijara asosida oʻynagan himoyachimiz Shodiyor Xojimatov hamda fargʻonaliklar safida ilgari toʻp surgan Pavel Smolyachenkolar qoʻshilishdi. Undan tashqari "Istiqlol" jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlab kelgan Sergey Lebedev ham qadrdon jamoasiga qaytdi va murabbiylik faoliyatini "Neftchi"da davom ettirishiga kelishib olindi. Jamoa aʼzolari navbatdagi turga tayyorgarlikni koʻtarinki ruhda olib borishmoqda. Bugungi mashgʻulotlardan fotolavhalarni eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. "Neftchi" FK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/1-300x224.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/photo_2020-09-28_13-35-17-300x224.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/photo_2020-09-28_13-35-18-300x224.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/photo_2020-09-28_13-35-20-300x224.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/photo_2020-09-28_13-35-27-300x224.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2020/09/photo_2020-09-28_13-35-38-300x224.jpg]