TAYYoRGARLIK BOShLANDI
3-iyun, 2022·1 min o'qish

Superligadagi 12-tur uchrashuvini "Neftchi" jamoasi 22 iyunda Qarshining "Nasaf" klubi bilan oʻtkazadi. Odatdagidek, Yaypandagi markaziy oʻyingohda boʻladigan bu oʻyinga fargʻonaliklar tayyorgarlikni qizgʻin boshlab yubordilar. Qirgulidagi qarorgoh stadionida boʻlayotgan tayyorgarlik mashgʻulotlarida jarohat tufayli davolanishda boʻlgan Doniyor Nazrullaev, Umar Athamzoda va Lutfulla Toʻraevlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Bu mashgʻulotlarni boshqarishda Ilhom Moʻminjonovga jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy Milan Chirich yaqindan yordam bermoqda. Bugungi mashgʻulotlardan olingan videolavhani YOUTUBE dagi rasmiy sahifamizda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin https://youtu.be/tk6QyODBjPY