Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TAQDIMOT SANʼAT SAROYIDA BOʻLADI!

5-mart, 2021·1 min o'qish
фергана-театр

Hurmatli futbol muxlislaridan uzr soʻraymiz. Chunki sizlarga "Neftchi" PFKning mavsumoldi taqdimot marosimi texnik sabablarga koʻra "Kimyogar" madaniyat saroyiga koʻchirilganligini maʼlum qilgan edik. Koʻp sonli tomoshabinlar taklifiga binoan bu manzil ham oʻzgartirildi. Taqdimot marosimi bugun 5 mart kuni soat 18:00 da Islom Karimov nomidagi Teatr va sanʼat saroyida oʻtkaziladigan boʻldi. Siz aziz futbol ishqibozlarini ana shu dargohda kutamiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar