Yangiliklarga qaytish
Umumiy

TAQDIMOT MANZILI VA VAQTI OʻZGARDI

4-mart, 2021·1 min o'qish
состав

Avval xabar berib oʻtganimizdek, "Neftchi" futbol klubining mavsumoldi taqdimot marosimi 5 mart kuni soat 10:00 ga belgilangan edi. Hozirgina olingan maʼlumotlarga koʻra, "Neftchi" madaniyat saroyida bazi bir texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun tadbirni koʻngildagidek va toʻliq reja asosida oʻtkazish maqsadida marosim manzili boshqa joyga koʻchirildi. Shunday qilib, "Neftchi" klubining tanishtiruv marosimi ertaga 5 mart kuni Qirgulidagi "Kimyogar" (sobiq Ximik) madaniyat saroyida boʻlib oʻtadi. Boshlanish vaqti 15:00 da. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar