“SURXON” – “NEFTCHI” PREVYU

Bugun Termiz shahrida Superliganing 2-tur o‘yinlari doirasida Islombek Ismoilov boshchiligidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz “Surxon” klubining mehmoni bo‘ladi. Statistik ma’lumot: “Surxon” va “Neftchi” jamoalari Superliganing rasmiy bahslarida shu kungacha 32 marta kuch sinashgan. Ushbu qarama-qarshilikda “Neftchi” 21 ta o‘yinda ustun kelgan bo‘lsa, 10 ta bellashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va faqat bitta uchrashuvda “Surxon”ning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 24-74 Farg‘onaliklar foydasiga. Eng yirik g‘alaba: 15.05.2001. “Surxon”–“Neftchi” 0:5 Termizda kechgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari quyidagicha: 15.06.2025. “Surxon”–“Neftchi” 0:0 09.11.2024. “Surxon”–“Neftchi” 0:0 07.05.2023. “Surxon”–“Neftchi” 2:2 29.06.2022. “Surxon”–“Neftchi” 1:1 21.08.2004. “Surxon”–“Neftchi” 1:2 Eslatib o‘tamiz, Termiz shahridagi “Surxon”–“Neftchi” uchrashuvini Ravshan Abduvohidov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi. Bugungi bellashuvda yigitlarimizga g‘olibona yurishni davom ettirib, farg‘onalik muxlislarimizni quvonchli natija bilan xursand etishlarini tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati