Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Superliga yangi mavsumiga 10 fevral kuni qurʼa tashlanadi

19-yanvar, 2022·1 min o'qish
qura

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi hamda Oʻzbekiston futbol assosiasiyasi 2022 yilgi mavsum taqvim rejasi boʻyicha kelishib oldi. Shundan kelib chiqib, 10 fevral kuni yangi mavsumga qurʼa tashlanadi. Uchrashuvlar sanalariga oydinlik kiritilishi uchun dastavval OFK taqvim rejasini kutishga toʻgʻri keldi. Endilikda Chempionlar ligasi, OFK kubogi, Osiyo chempionati U23, Osiyo kubogining saralash musobaqalari qaysi sanalarga toʻgʻri kelishi maʼlum boʻlib ulgurgan. Avvalroq xabar berilganidek, mavsum odatga koʻra Superkubok uchrashuvi bilan start oladi. Oʻzbekiston chempioni sifatida “Paxtakor”, kubokning amaldagi sohibi sifatida “Nasaf” jamoalari toʻqnash keladigan Superkubok 27 fevral — yakshanba kuni boʻlib oʻtadi. Mazkur bellashuvga mezbonlik qiladigan stadion masalasida OʻzPFL oʻz rejasiga ega. Faqatgina masala ikki taraf oʻrtasida hal etilgach, stadion nomiga aniqlik kiritib oʻtiladi. Superliga esa 2 mart sanasidan eʼtiboran start oladi. Chempionlar ligasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan klub(lar) guruh bosqichi uchrashuvlarida ishtirok etayotgan bir vaqtda qolgan jamoalar Oʻzbekiston kubogining guruh bosqichida qatnashadi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar