Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SUNNATILLO ABDULLAJONOV - MURABBIYLAR HUJUMDA SINAB KO'RISHDI

19-iyul, 2022·1 min o'qish
IMG_8205

Jamoamiz hujumkor yarim himoyachisi Sunnatillo Abdullajonov bilan 17 iyul kungi nazorat uchrashuvidan so‘ng, ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonlari haqida o’rtoqlashdik. Sunnatillo ikkinchi davraga tayyorgarlik qanday kechmoqda? -Ikkinchi davraga tayyorgarlik ko’rish uchun Toshkentda yig’ildik, o’quv yig’in-mashg’ulotlari davomida ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik ko’ryabmiz, bosh murabbiy Vitaliy Grigorievich Levchenko qo’l ostida jismoniy holatimizni tiklashga va yangi taktik sxemalarni tadbiq etgan holda mashg’ulotlar o’tmoqdamiz. Bugungi uchrashuvda (Neftchi 2:1 Zomin) sof hujumchi rolida to’p surdingiz , birinchi davrada esa sizni yarim himoya va qanot yarim himoyachisi sifatida ko’rganmiz? -To’gri bugungi uchrashuvda murabbiy shu to’xtamga keldi va hujumda sinab ko’rishdi. Yangi murabbiylar qo’l ostida mashg’ulot o’tkazishga ko’nikdingizmi? -Yangi bosh murabbiy qo’l ostida mashg’ulotdan oldingi nazariya menga ko’p yordam bermoqda Ikkinchi davra oldidan muxlislarga nima deya olasiz? -"Istiqlol” stadioniga ko’chishni muxlislar ham biz ham anchadan beri kutyabmiz, o’zimizda o’ynashimizga hech narsa yetmaydi , muxlislar ham ushbu stadionga ko’proq kelishib bizga dalda bo’lishlari ham yordam beradi degan umiddaman. “Neftchi” PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar