"Soʻgʻdiyona" safarda "Qoʻqon-1912"ga yutqazib qoʻydi

Oʻzbekiston Superligasining 3-turidan oʻrin olgan "Qoʻqon-1912" hamda "Soʻgʻdiyona" klublari oʻrtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.
Oʻzbekiston Superligasining 3-turidan oʻrin olgan "Qoʻqon-1912" hamda "Soʻgʻdiyona" klublari oʻrtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, maydon egalarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Qoʻqonliklar tarkibida Azimov va Raevaslarning gollariga Shoxruz Norxonov penaltidan javob qaytardi. Oʻzbekiston Superligasi, 3-tur "Qoʻqon-1912" - "Soʻgʻdiyona" 2:1 Gollar: Azimov (17), Raevats (45+3) - Norxonov (58, pen) "Qoʻqon-1912": Ergashev, Norbekov, Akbarov, Berdiev, Roʻziev, Azimov, Rustamov, Merzlyakov, Yosovich, Rayavats, Xolmuhammedov "Soʻgʻdiyona": Mitrovich, Shayqulov, Orifov, Rashidov, Boltaboev, Norxonov, Xasanov, Shihov, Nagaev, Mullajanov, Kolakovich.