Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"ShOʻRTAN" - "NEFTChI" PREVYu

21-aprel, 2021·1 min o'qish
ПРЕВЮ

Jamoalar shu kungacha umumiy hisobda 34 marta maydonda yuzlashishgan boʻlib, shundan Oliy liga va Superliga bahslarida 24 marta, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 2 marta va Pro liga bellashuvlarida 8 marotaba oʻzaro toʻqnash kelishgan. Oʻzaro qarama-qarshilikda "Neftchi" jamoasining eng yirik gʻalabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan boʻlib,unda fargʻonaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. "Shoʻrtan" klubining eng yirik gʻalabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 koʻrinishida yakun topgan. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi"da 12ta gʻalaba,"Shoʻrtan"da 13ta gʻalaba. 9ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻplar nisbati 41-42 gʻuzorliklar foydasiga. Jamoalarning oxirgi 5 ta uchrashuvdagi natijalari quyidagicha: 13.10.2020"Neftchi"-"Shoʻrtan"1:2 02.09.2020"Shoʻrtan"-"Neftchi"2:1 28.06.2020"Shoʻrtan"-"Neftchi"2:1 (Kubok bahsi) 20.11.2020"Neftchi"-"Shoʻrtan"1:0 06.11.2020"Shoʻrtan"-"Neftchi"1:2 "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar