Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"Shoʻrtan" - "Neftchi" PREVYu

6-noyabr, 2020·1 min o'qish
IMG_1174

Jamoalar shu kungacha Oliy liga va Superliga bahslarida 24 marta, Oʻzbekiston Kubogi bahslarida 2 marta, Pro liga bellashuvlarida esa 6 marotaba oʻzaro toʻqnash kelishgan. "Neftchi" jamoasining eng yirik gʻalabasi 2005 yilda Oliy liganing 7-turida qayd etilgan boʻlib,unda fargʻonaliklar 5:0 hisobida ustun kelishgan. "Shoʻrtan" klubining eng yirik gʻalabasi esa 2011 yilda Gʻuzorda qayd etilgan va 4:0 koʻrinishida yakun topgan. Oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar tashlasak, "Neftchi"da 10ta gʻalaba,"Shoʻrtan"da 13ta gʻalaba. 9ta bellashuvda jamoalar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻplar nisbati 38-41 gʻuzorliklar foydasiga. Jamoalar joriy yilda uch marta raqobatlashishgan. Har uchala bahsda Gʻuzorliklar gʻalaba qozongan . Ikkita uchrashuv Pro liga birinchiligiga va bir uchrashuv Oʻzbekiston Kubogi oʻyiniga toʻgʻri kelgan. "Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar