Shodiyor Xojimatov "Neftchi" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
27-yanvar, 2021·1 min o'qish

Fargʻona muxlislariga oʻzining yorqin oʻyinlari bilan tanilgan fargʻona futboli tarbiyalanuvchisi moxir futbolchi Shodiyor Xojimatov "Neftchi" jamoasi bilan rasman 3 yillik shartnoma imzoladi. Shodiyor Xojimatov oʻtgan mavsumda fargʻonaliklar sharafini munosib himoya qildi. Uning oʻyin uslubi jamoamiz bosh murabbiyi Ilxom Moʻminjonov tomonidan ijobiy etirof etilganligi sababli u bilan yangi kelishuvga erishildi. Joriy futbol mavsumida jamoamiz sharafini munosib himoya qilish faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! "Neftchi" FK matbuot xizmati