ShERZOD KARIMOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI.
20-yanvar, 2022·1 min o'qish

Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi "Neftchi" PFK murabbiylar shtabi jamoa tarkibini shakllantirish borasida seleksiya jarayonida izchillik bilan faoliyat yuritmoqda. Oʻtgan mavsumda oʻzining yorqin oʻyinlari bilan Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritilishida katta hissa qoʻshgan tajribali yarim himoyachi Sherzod Karimov bilan shartnoma muddati uzaytirildi. Yangi futbol mavsumida ham Sherzod Karimov jamoamizning Superligadagi gʻalabali yurishlariga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan holda, unga kuch-quvvat, gʻayrat-shijoat va ulkan omadlar yor boʻlishini tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati