ShARTNOMA UZAYTIRILDI!

"Neftchi" jamoasining 2021 yil futbol mavsumini hamma sohada muvaffaqiyatli yakunlayotgani, Pro liga chempionligi va Superliga yoʻllanmasini muddatidan oldin qoʻlga kiritganligi, mavsumda raqiblar darvozasiga toʻp kiritish boʻyicha eng yuqori natijaga erishganligini muxlislar yaxshi bilishadi. Bu muvaffaqiyatlarni qoʻlga kiritishda darvozabonlar Akbar Toʻraev va Mashhur Muhammadjonov, himoyachi Umar Athamzoda, yarim himoyachilar Abdulloh Olimov, Oybek Qilichev, Izzatilla Abdullaev va legionerimiz Aleksandr Yeshichlarning hissalari katta. Ilhom Moʻminjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ana shu yutuqlarni hisobga olib, mazkur futbolchilar bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu futbolchilar yangi mavsumda Superligada toʻp suradigan sevimli "Neftchi" jamoasining gʻolibona yurishlariga yanada ulkan hissa qoʻshib, Fargʻona futbolining dovrugʻini oshirishda faollik va ibrat koʻrsatadilar deb,qatʼiy ishonch bildiramiz.Jamoaga yangi oʻyinchilarni jalb etish yuzasidan klub rahbariyati muzokara va suhbatlarni davom ettirmoqda. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" matbuot xizmati