ShARTNOMA IMZOLANDI!
16-dekabr, 2021·1 min o'qish

Yangi yilda Oʻzbekiston futbolining Superligasida toʻp suradigan "Neftchi" PFK murabbiylar shtabi asosiy tarkibni isteʼdodli yoshlar hisobiga kengaytirish boʻyicha izchil ish olib bormoqda. Bugun shu yoʻnalishda yoshlar safida faoliyat yuritgan yarim himoyachilar Akobirjon Ahmadjonov va Faxriddin Muhammadov bilan 3 yillik shartnomalar imzolandi. Ikkala yosh futbolchi ham tengdoshlari orasida oʻz kasbiga sadoqati va mahorati yuksak ekanligini isbotlagan sportchilardir. Ularga yangi futbol mavsumida ham sevimli jamoamiz sharafini munosib ardoqlashlarida mustahkam iroda, kuch-quvvat va shijoat tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati
