SERBIYaLIK MURABBIY BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI

Murabbiylar shtabini xorijlik mutaxassislar bilan mustahkamlash yoʻlidan borayotgan "Neftchi" klubi rahbariyati serbiyalik tajribali murabbiy Milan Chirich bilan shartnoma imzoladi. Jamoada jismoniy tarbiya murabbiyi sifatida ish olib boradigan bu mutaxassis futbolchilik faoliyatini Serbiyaning "Radniskiy Pirot" klubida boshlagan. Soʻngra faoliyatini "Obilich" jamoasida davom ettirgan. 2010 yilda jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiylik tajribasini oʻrganishga kirishdi. Shu sohada ish boshlab, oʻz yurtidan tashqari Bolgariyaning SSKA, "Ludogorets", Xitoyning "Dundjin Shanyan", "Guanlyan Dunguan" va Ummonning "Al-Suvayx" kabi taniqli klublarida faoliyat yuritib, bu sohada mehnatsevar, mahoratli va ijodkor mutaxassis sifatida shuhrat qozondi. Ishonamizki, ana shu isteʼdodli mutaxassis Fargʻona futbolining rivojiga barakali hissa qoʻshib, shu soha mutaxassislari va ixlosmandlarining mehru-eʼtiborini qozonadi. "Neftchi" matbuot xizmati