Sanjarbek Zokirovni tabriklaymiz!
24-aprel, 2020·1 min o'qish
"Neftchi" futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va xodimlari jamoamiz aʼzosi, ayni damda hamma qatori karantin qoidalariga amal qilgan holda uyda qolib, sport bilan muntazam ravishda shugʻullanib borayotgan Sanjarbek Zokirovni tugʻilgan kuni bilan tabriklaydi. Sanjarbek bugun 21 yoshga toʻldi. Shu munosabat bilan unga hamisha sogʻlik-salomatlik,, tinchlik-omonlik va futbolchilikdagi yurishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, Sanjarbek! "Neftchi" matbuot xizmati