Yangiliklarga qaytish
Umumiy

SAFARDA YIRIK GʻALABA!

23-oktabr, 2020·2 min o'qish
IMG_20201023_171552_668

Pro liganing 13-turida safarda autsayder "Zomin" klubi bilan bahs yuritgan "Neftchi" jamoamiz yirik 2:4 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritib, turnir jadvalida birinchi pogʻonaga koʻtarilib oldi. Bugungi bellashuvda birinchi xavfli vaziyat 6-daqiqada roʻy berdi. Mezbonlarning xujumchisi Jonibek Koʻchimov darvozamiz tomon yoʻllagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 11-daqiqada esa navbat mehmonlarga oʻtdi va chap qanotdan uyushtirilgan xujumimiz gol bilan yakunlandi. Toʻpurarimiz Dostonnbek Toshmatov oshirib berilgan toʻpni darvozaga aniq yoʻllaydi 0:1. Goldan ruhlangan futbolchilarimiz 23-daqiqada hisobni yanada oshirishdi. Bu gal chap qanotdan yorib kirgan yarim himoyachimiz Rustamjon Abduhamidov uzoqdan kuchli zarba berib mezbonlar darvozabonini ojiz qoldirdi 0:2. Vaziyatni oʻzgartirish maqsadida uyushtirilgan xujumlarning birida jarima maydonimizga uzatilgan toʻp futbolchimizning qoʻliga tegdi va bosh hakam penalti belgiladi. Dilshod Xushbakov penaltini aniq bajarib, hisobidagi farqni qisqartirdi 1:2. Bu natija birinchi boʻlim oxirigacha oʻzgarmadi. Ikkinchi boʻlimda katta kuch bilan oldinga tashlangan zominliklar 53-daqiqaga kelib muvozanatni tikladilar. Bu safar mezbonlardan Otabek Ahmadjonov golga mualliflik qildi. Lekin jamoamiz bugun gʻalaba ilinjida maydonga tushganini yana bir karra isbotlab berdi va 71-daqiqada toʻpurarimiz Dostonnbek Toshmatov gol urib,oʻyindagi dublga erishdi 2:3. Oʻyin taqdirini hal qilgan gol esa 81-daqiqada kiritildi. Bu safar Dostonbek Toshmatov, Rustamjon Abduhamidov va Mansur Saidovlar uchligi chiroyli kombinasiya uyushtirishib,toʻrtinchi golni darvozaga joylab qoʻyishdi 2:4. Bosh hakam tomonidan qoʻshib berilgan qoʻshimcha daqiqalar ham oʻyin natijasiga oʻz taʼsirini koʻrsatmadi. Shunday qilib, ertaga davom ettiriladigan 13-tur oʻyinlari oldidan jamoamiz 27 ochko toʻplab birinchi pogʻonaga koʻtarilib oldi. Pro liga 13-tur “Zomin”-“Neftchi” 2:4 Gollar: Dostonbek Toshmatov, 11 (0-1), Rustamjon Abduxamidov, 23 (0-2), Dilshod Xushbaqov pen., 28 (1-2), Otabek Axmadjonov 62' (2-2), Dostonbek Toshmatov (2-3) 74', Mansur Saidov (2-4) 83' "Zomin": 12.Javohir Kamilov, 2.Ozodbek Rajabov, 3.Mirjalol Suyunov, 4.Eldor Karimov, 5.Doniyor Umarov, 7.Dilshod Xushbakov, 8.Otabek Ahmatjonov, 10.Jonibek Koʻchimov, 11.Robbim Hasanov, 17.Abdumutal Tursunqulov, 22.Farruh Xojibekov. Zaxira: 1.Islombek Asrolov, 21.Asiljon Mansurov, 6.Sherzod Jalilov, 9.Lutfullo Fayzullaev, 14.Muhammad Norboev, 20.Asiljon Mansurov, 21.Maradona Safarov, 23.Babur Isroilov, 32.Fazliddin Dehqonboev. "Neftchi": 35.Sherzodbek Abduraimov, 9.Otabek Zokirov, 10.Islomjon Toshpoʻlatov, 13.Jamshid Qobulov, 17.Dostonbek Toshmatov, 27.Doston Avazbekov, 34.Rustamjon Abduhamidov, 38.Umar Adhamzoda, 44.Shodiyor Xojimatov, 93.Sirojiddin Allaev, 94.Anvarjon Xojimirzaev. Zaxira: 21.Farrux Turdaliev, 3.Temur Sultanov, 5.Eldor Ergashev, 6.Muhammadaziz Obidjonov, 7.Mansurjon Saidov, 8.Islombek Karimov, 20.Dilyorbek Irmatov, 31.Pavel Smolyachenko. Safardagi gʻalaba bilan tabriklaymiz!

"Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar