Yangiliklarga qaytish
Umumiy

Rustamjon Zuparov: "Neftchi" superligadagi oʻz oʻrniga qaytadi

15-mart, 2020·1 min o'qish

Bugungi uchrashuvlardan soʻng OʻzPFLning futzal, ayollar va sohil futboli boʻlimi boshligʻi Rustamjon Zuparov bilan suhbatlashdik.

Fargʻonadagi "Neftchi" futbol maktabining yopiq sport majmuasida Oʻzbekiston chempionatining futzal boʻyicha Oliy liga jamoalarining 1-tur bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Dastlabki bahslarda qatnashgan 6 ta jamoa 3 kun mobaynida oʻzaro kuch sinashdi. Bugungi uchrashuvlardan soʻng OʻzPFLning futzal, ayollar va sohil futboli boʻlimi boshligʻi Rustamjon Zuparov bilan suhbatlashdik. -Rahbariyatning qaroriga koʻra, chempionat bellashuvlari mamlakatimizning turli hududlarida oʻtkaziladi,- deydi Rustamjon Zuparov. - Maqsad, sportning bu turini keng ommalashtirish, futzalga qiziquvchi yoshlarni bu sohaga faol jalb etish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi shakllanishi va rivojlanishiga sport orqali koʻmaklashishdan iborat. Keyingi bahslar juda qiziqarli va jangovar ruhda boʻlib oʻtdi. Bunga fargʻonaliklar, yaʼni "Neftchi" futbol klubi va viloyat futbol assosiasiyasi bu tadbirga jiddiy eʼtibor berib, yaxshi tayyorgarlik koʻrganliklari oʻz natijasini koʻrsatdi. Ayniqsa, "Neftchi" mutaxassislarining uchrashuvlarni suratga olish, tasvirga tushirish va ijtimoy tarmoqlarda yoritib berishdagi mehnatlari va xizmatlaridan juda mamnunmiz. -- Muxlislarga qanday tavsiya va tilaklaringiz bor? -- Fargʻonalik muxlislar futbol va futzalni azaldan yoqtirishlarini yaxshi bilamiz. "Neftchi"ning mamlakat dongdor klubi sifatida 5 karra chempion boʻlganligi, futzalda ancha ibratli ishlar qilganligi hammamizga maʼlum. Futbol ishqibozlari va ixlosmandlari oʻz jamoalarini bu yil ham astoydil qoʻllab-quvvatlab turishlari va jamoaning Superligadagi oʻz oʻrniga qaytishi uchun qoʻldan kelgancha yordam berishlarini tilaymiz.

"Neftchi" FK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar