Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN! SIROJIDDIN QOʻZIEV "NEFTChI" AʼZOSI.

27-dekabr, 2021·1 min o'qish
IMG_20211228_102611_110

Qishki transfer munosabati bilan "Neftchi" futbol klubi tarkibni tajribali oʻyinchilar bilan kuchaytirish borasidagi faoliyati davom etmoqda. Bugun 25 yoshli markaziy yarim himoyachi Sirojiddin Qoʻziev bilan 2 yillik rasmiy shartnoma imzolandi. Maʼlumot oʻrnida, Sirojiddin Qoʻziev Superliganing "Nasaf"," Surxon" va "Mashʼal" kabi klublarda toʻp surgan. Fargʻonaliklar safiga qoʻshilishidan oldin oʻtgan mavsumni Muborakning "Mashʼal" jamoasi sardori sifatida oʻtkazib, 25ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2ta golga mualliflik qilgan. Fursatdan foydalanib, sevimli jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Sirojiddin Qoʻzievga "Neftchi" sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar