RASMAN! ShERZOD KARIMOV BILAN ShARTNOMA IMZOLANDI
28-yanvar, 2021·1 min o'qish

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan va bugungi kunda anʼanaviy "Hokim Kubogi--2021" musobaqasida Ilhomjon Moʻminjonov bosh murabbiyligida ijobiy oʻyin namoyish etayotgan "Neftchi"futbol klubi oʻz tarkibini yangi ijrochilar bilan toʻldirishda davom etmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida,qator nomdor jamoalarda,yaʼni "Paxtakor","Lokomotiv", "Navbahor" va Xitoyning "Xindao Janun" singari klublarida yorqin faoliyat yuritgan tajribali Sherzod Karimov "Neftchi" PFK bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Sherzod Karimovga jamoamiz oldiga qoʻyilgan yuqori maqsadlarni roʻyobga chiqarishda va klubimiz sharafini munosib himoya qilishdagi faoliyatida omadlar tilab qolamiz. "Neftchi" matbuot xizmati