Yangiliklarga qaytish
Umumiy

RASMAN! OYBEK QILIChEV "NEFTChI" AʼZOSI.

11-iyul, 2021·1 min o'qish
IMG_20210711_182119_787

Yozgi transfer oynasi amal qilinishi munosabati bilan "Neftchi" futbol klubi tarkibni tajribali oʻyinchilar bilan kuchaytirish borasidagi faoliyati davom etmoqda. Bugun "Neftchi" qarorgohida jamoaga kelib qoʻshilgan Oybek Qilichev bilan rasmiy shartnoma imzolandi. Maʼlumot oʻrnida, Oybek Qilichev 1989 yilda Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida tavallud topgan. Amplusi yarim himoyachi. Shu kungacha Superliganing "Navbahor"," Andijon "," Lokomotiv", "Paxtakor" va AGMK kabi klublarda faoliyat yuritgan. Fargʻonaliklar safiga qoʻshilishidan oldin birinchi davrani Navoiyning "Qizilqum" jamoasida oʻtkazib, 10ta uchrashuvda maydonga tushirilgan va 2ta golga mualliflik qilgan. Fursatdan foydalanib, sevimli jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Oybek Qilichevga "Neftchi" klubining Pro liga birinchiligida chempion boʻlib, Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishda jamoamiz sharafini munosib himoya qilishidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz. "Neftchi" matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar