RASMAN! NURILLO TOʻXTASINOV "NEFTChI" AʼZOSI
20-noyabr, 2022·1 min o'qish

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Oʻtgan mavsumda "Navbahor" tarkibida toʻp surgan tajribali yarim himoyachi Nurillo Toʻxtasinov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, Toʻxtasinov oʻtgan mavsumni "Navbahor" tarkibida jami 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak choʻqqilarga koʻtarishga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati